George Dobson




George David Dobson (talaffuzi: Jorj Devid Dobson) (1997-yil 15-noyabrda tugʻilgan) — angliyalik futbolchi. George Dobson „Charlton Athletic“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi



George Dobson 2009—2014-yillarda Essexdagi Brentwood maktabida tarbiyalangan.

Klubdagi faoliyati



Dobson 8 yoshida „Arsenal“ futbol klubining yoshlar jamoasi safiga qoʻshilgan. Keyinchalik, u 2015-yil 28-iyulda „West Ham United“ futbol klubiga qoʻshilgan. Oʻsha paytda 17 yoshda boʻlgan George Dobson toʻgʻridan-toʻgʻri klubning U21 jamoasiga kiritilgan va 2015—2016-yilgi mavsumda klubning asosiy jamoasi tarkibida tez-tez maydonga tushib turgan. „Arsenal“ klubida Dobson markaziy himoyachi sifatida oʻynagan. George Dobson bolaligidan „West Ham United“ futbol klubiga muxlislik qilgan va bu 2015-yilda klubga qoʻshilish qarorida yordam bergan.

2016-yilning 29-iyunida Dobson Birinchi liga vakili „Walsall“ futbol klubi safiga mavsumiy ijara asosida qoʻshilish uchun shartnoma imzoladi. George Dobson EFL kubogidagi ilk oʻyinini oʻz uyida „Yeovil Town“ futbol klubini 2:0 hisobida magʻlub etgan uchrashuvda oʻtkazdi.

2017-yilning 16-iyulida Dobson „Sparta Rotterdam“ futbol klubi bilan nomaʼlum toʻlov evaziga shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi. George Dobson 2017—2018-yilgi yanvar oyi transfer oynasida ikki yarim yillik shartnoma asosida „Walsall“ futbol klubiga qayta qoʻshildi.

2019-yil 25-iyulda Dobson „Sunderland“ futbol klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U „Sunderland“ klubi safidagi ilk golini 2019-yilning 28-avgustida „Burnley“ klubiga qarshi EFL kubogi bahsida kiritdi.

George Dobson 2021-yilning 1-iyulida „Charlton Athletic“ futbol klubiga oʻtdi va klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz