George de Hevesy




XEVESHI (lot. Hevesy) Dyerd (Georg) (1885.1.8, Budapesht — 1966.5.7, Freyberg, GFR) — vengriyalik fizik-kimyogar, radiokimyogar. Vengriya Fanlar akademiyasi faxriy aʼzosi (1945-yildan) Syurix va Manchester universitetlarida (1911— 13), Venadagi radiy institutida (1913), Budapesht universitetida (1913—20) ishlagan (1918-yildan professor). Kopengagen (1920—26 va 1934—43), Freyburg (1926 — 34) va Stokgolm (1943-yildan) universitetlari professor Ilmiy tadqiqotlari radiokimyoga oid. Izotop indikatorlar usulini taklif qilgan. Ilk bor biol.da radioaktiv indikator (radiy D) qoʻllab oʻsimliklarda qoʻrgʻoshinning taqsimlanishini oʻrgangan. D. Koster bilan birga gafniy kimyoviy elementini kashf etgan (1922). Ogʻir suvdan foydalanib tirik organizmlarda suv muvozanatini aniqlash mumkinligini kashf etgan (1941) Nobel mukofoti laureati (1943).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz