George Carlin




George Denis Patrick Carlin (talaffuzi: Jorj Denis Patrik Karlin; kir. Жорж Карлин ; 12-may, 1937 – 22-iyun, 2008) amerikalik qiziqchi, yozuvchi, ijtimoiy tanqidchi va aktyor boʻlgan. Komediya albomlari uchun beshta Grammy mukofoti olgan. Carlin oʻzining qora yumori, siyosat, ingliz tili, psixologiya, din va turli tabu mavzular haqidagi fikrlari bilan tanilgan. Carlin va uning "Yetti iflos soʻz" komik dasturi 1978-yili AQSh Oliy Sudida qarab chiqilayotgan F.C.C. v. Pacifica Foundation ishida eʼtibor markaziga tushgan, unda 5-4 ovozlar nisbati bilan hukumatning ommaviy radioda soʻkish soʻzlarni senzuralash huquqi oʻz kuchida qoldirilgan edi. Bir gazetada Carlin "kontrmadaniyatchi qiziqchilar dekani" deb baholangan edi.

1977-yildan uning HBO uchun maxsus tomoshalari yozila boshlandi. 1980-yillar oxiridan boshlab Carlin chiqishlari zamonaviy Amerika jamiyatining ijtimoiy-madaniy tanqidiga bagʻishlandi. U Qoʻshma Shtatlardagi siyosiy masalalarni muhokama qilib, Amerika madaniyatining keragidan ortiqcha qismlarini satira qildi. 2004-yili Carlin Comedy Central kanalining eng buyuk qiziqchilar roʻyxatida Richard Pryor'dan keyin ikkinchi oʻringa qoʻyildi.

George Carlin 2008-yil 22-iyunda Santa Monica shahridagi kasalxonada yurak kasalligidan vafot etdi. 2008-yil 10-noyabrida Carlin'ga vafotidan keyin Amerika yumori uchun Mark Twain mukofoti berildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz