Georg Sarkisyan




Georgiy Pavlovich Sarkisyan (1925.4.8 Toshkent 1999.17.6) huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989), yuridik fanlari doktori (1967), professor (1969). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1947). Prokuratura (1947 — 51) va adliya (1959—61) sohalarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim (1961—70), Toshkent Davlat Universiteti jinoyat protsessi kafedrasi mudiri (1970—99). S. sudlar, prokuratura toʻgʻrisidagi qonunlarni, Oʻzbekiston Respublikasi JPKni tayyorlashda ishtirok etgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz