Georg Wittig




Georg Wittig (1897.16.6 — 1987.26.8) — nemis organik kimyogari. Tadqiqotlari murakkab va tanqis organik birikmalar sinteziga bagʻishlangan. Fenillitiy taʼsirida oddiy efirlarning spirtlarga qayta guruhlanishini asoslagan (1942, Vittig qayta guruhlanishi). Pentafenilfosforni sintez qilgan (1952). Karbonil birikmalar va alkilidenfosforanlardan olefinlar olish reaksiyasini kashf etgan (qarang Vittig reaksiyasi, 1954). Tripiyensenni sintez qilgan (1956). YANR usuli bilan aromatik propellanning tuzilishini aniqlagan (1971). Nobel mukofoti laureati (1979, Herbert C. Brown bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz