GEOMAGNIT QUTBLAR
GEOMAGNIT QUTBLAR – yer magnit o’qining yer sirti bilan kesishgan nuqtalari. Sirtdan qaraganda, yerni, magnit o’qi yer aylanish o’qi bilan taxminan 11,5° burchak hosil qiladigan bir jinsli magnitlangan shar deb hisoblash mumkin. Geomagnit qutblarda izogon chiziqlar tugun bo’lib yig’iladi. Geografik qutblarga yaqin joylashgani uchun shim. va Janubiy Geomagnit qutblar deyiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz