Geolog stadioni




Geolog stadioni  — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Geolog MFYda joylashgan koʻp maqsadli stadion boʻlib, hozirgi vaqtda ushbu stadiondan asosan futbol sporti oʻtkazilib kelinadi. Stadion PFC Sevinch futbol jamoasining uy stadioni hisoblanadi.

Stadion tarixi



Qarshi shahrida joylashgan „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-mayda tashkil etilgan boʻlib, ushbu majmuoda erkaklar va ayollar fitnes zallari, suzish suv havzasi hamda sohil futboli (plyaj futboli) oʻynash uchun qumli maydon ham bor.

Tavsifi



„Sevinch“ ayollar futbol jamoasi Oʻzbekiston Oliy ligasidagi uy oʻyinlarini „Geolog“ stadionida oʻtqazadi. „Geolog“ stadioni 1983-yil 1-may sanasida ochilgan. Stadion oʻz bagʻriga 11.000 ming muhlisni sigʻdira oladi. Stadion oʻlchami 105 x 68 metrni tashkil etadi. „Geolog“ stadioni 1993-yil, 1995-yil, 2011-yillar qayta taʼmirdan oʻtqazilgan. 2020-yil 26-may „Sevinch“ ayollar futbol klubi mashgʻullotlar bazasida taʼmirlash ishlari olib borildi. Stadion chimi tabiiy. Manzil: Nasaf koʻchasi, 5-uy.

Geolog stadioni

Musobaqalar



Asosan Geolog stadionida Ayollar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati va kubok oʻyinlariga mezbonlik qiladi. 2015-yil 16—23-aprel kunlari ilk marotaba Oʻzbekiston superkubogi oʻyinlari oʻtazildi. Birinchi oʻyin 16-aprel kuni Bekobod shahrida oʻtqazildi va oʻyin 0:3 hisobida Sevinch foydasiga hal boʻldi. Ikkinchi oʻyin 23-aprelkuni Qarshi shahri Geolog stadionida oʻtqazildi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi va gollarni 20 daqiqada Zebo Joʻraeva (Sevinch), 22-daqiqada Moxigul Ikromova (Metallurg W) kiritishdi. Ikki oʻyin natijasiga koʻra Sevinch „Metallurg W“ (Bekobod) jamoasini 4-1 hisobida magʻlub etib superkubok sohibi boʻldi.

Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz