Geokimyoviy Provinsiya




Geokimyoviy provinsiya - Yer poʻstining togʻ jinslarida muayyan kimyoviy elementlarning koʻp yoki kam (klarkka nisbatan) miqdorda uchraydigan alohida qismi. Magmatik togʻ jinslarida ayrim element klarkdan koʻp uchrasa u holda togʻ jinslari shu elementga boy hisoblanadi. G. p.ni oʻrganish regional geokimyoning koʻpgina vazifalarini hal etishga yordam beradi. Koʻp miqdorda uchragan elementlar kimyoviy tarkibining oʻziga xosligini oʻrganib, G. p.da konlarning geokimyoviy qidirish ishlarini maqsadga muvofiq rejalashtirish mumkin. Klarkdan element qancha koʻp uchrasa, foydali qazilma konini topishga imkoniyat yaratiladi. Magmatik jinslarning rudaga boy komplekslarida kimyoviy elementlar rudasiz jinslarga nisbatan meʼyorsiz tarqalgan boʻladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz