Geografiya: Shimoliy Muz okeani



Shimoliy muz okeani dunyodagi eng kichik ummondir. U avvallari Shimoliy Qutbiy dengiz, Shimoliy Muz dengizi nomlari bilan ham yuritilgan. Okean Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning shimoliy qirg‘oqlari oralig‘ida joylashgan. Ushbu ummon bo‘g‘ozlar orqali Atlantika va Tinch okeanlari bilan tutashgan. U Dunyo okeanining 2,8 foizini tashkil etadi. Maydoni — 14,75 million km. kv. Suv hajmi — 18 million km. kub. O‘rtacha chuqurligi — 1220 metrEng chuqur joyi — 5527 metr (Grenlandiya dengizining shimoli-sharqiy qismi)Shimoliy muz okeani orollar soni bo‘yicha Tinch okeanidan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallaydi. Eng yirik orol va arxipelaglari: Kanada Arktika arxipelagi, Grenlandiya, Shpitsbergen, Frants-Iosif Yeri, Yangi Yer, Shimoliy Yer, Novosibirsk, Vrangel. Ushbu okean mustaqil ummon sifatida 1650 yilda golland geografi B.Varenius tomonidan ajratilgan va o‘sha davrda Giperborey okeani deb atalgan. 1845 yilda uni London geografiya jamiyati Shimoliy Muz okeani deb atadi. 

Shimoliy muz okeani iqlimi Arktika iqlimiga mansub. Qishda okean markaziy qismi ustida Arktika antitsikloni (yuqori bosimli oblast), yozda past bosimli oblast joylashadi. Qishi juda sovuq va shamolli, havo harorati markaziy qismida o‘rtacha –28 dan –30 darajagacha. Shamol tezligi ba’zan bir soniyada 25 metrgacha yetishi mumkin. Yozi ham sovuq. Katta qismida havo harorati –10 dan -12 gacha, g‘arbiy chekka qismida qisqa muddat -6, -8 gacha ko‘tariladi. Bulutli va tumanli kunlar ko‘p bo‘ladi. Yog‘in, asosan, qor shaklida yog‘adi.

Bu yerda fauna va flora turlari qutbga tomon kamayib boradi. Biroq hamma joyda diatom fitoplanktonlar jadal rivojlanadi, xususan, Arktika havzasi muzlarida ham. Shimoliy Yevropa havzasida hayvonot dunyosi turli-tuman bo‘lib, ularning turi 2000 dan oshadi. Baliqlardan seld, treska, dengiz olabug‘asi, piksha va boshqalar ko‘p uchraydi. Arktika havzasida oq ayiq, morj, tyulen, narval, beluxa va boshqalar yashaydi. 

Shimoiy muz okeanining eng muhim gidrologik xususiyatlaridan biri qishda uning o‘ndan to‘qqiz qismi muz bilan qoplanishidir. Baffin va Grenlandiya dengizlarida aysberglar bo‘ladi. Okeanning markaziy qismida 3-4 metr qalinlikdagi ko‘p yillik muz (pak) maydonlari uchraydi.  Muzliklarning umumiy maydoni taxminan 26 ming km. kubni tashkil etadi. Arktika havzasida ko‘chib yuruvchi muz orollari ham bor. Ularning qalinligi 30-35 metrni tashkil etadi. Biroq so‘nggi vaqtlarda jahon olimlari tomonidan okeandagi muzliklar maydoni tobora qisqarib borayotgani aytilmoqda. Xususan, Kolorado universiteti tomonidan sun’iy yo‘ldosh orqali amalga oshirilgan tahlil ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, muz maydonlar o‘rtacha hisobdan 14 foizga qisqargan. Agar vaziyat shu tarzda  davom etaversa, 2070 yilga borib qutb muzliklari yoz davrida butunlay yo‘qolib ketishi bashorat qilinmoqda. 

Shimoliy muz okeanidagi noqulay ob-havo sharoiti uning iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ummonning jahon xo‘jaligidagi rolining oshishi uning materikka yaqin yerlaridagi tabiiy resurslardan keng foydalanish bilan bog‘liq. Okean dengizlarida baliqning 150 va sut emizuvchilarning 17 turi yashaydi. Shuningdek, baliqlardan tashqari, okeandan dengiz hayvonlari ham ovlanadi. Oq dengizdan suv o‘tlar hamda qo‘rg‘oshin, rux, temir, molibden kabi foydali qazilmalar olinadi. Qolaversa, suv ostidan neft-gaz olish ham rivojlangan. Okeanning yirik dengizlari orqali uch asosiy yo‘nalishda suv yo‘llari o‘tadi. Yirik portlari: Murmansk, Belomorsk, Arxangelsk, Dikson, Tiksi, Pevek (Rossiya); Tromsyo, Tronxeym (Norvegiya); Cherchill (Kanada).

Shimoliy muz okeani dunyoning eng kichik ummoni bo‘lsa-da, jahonning eng xavfli okeaniga aylanib bormoqda. Bunga sabab shuki, u «sovuq urush» davrida radiatsion chiqindilar makoniga aylanib qolgan edi. Shu sababli endi okean kimyoviy bombaga aylanib borayapti. Bu haqda Butunjahon tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasi (WWF) ma’lum qilgan.So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, shimoliy muz okeanida DDT (dixlordifeniltrixlormetilmetan) ga o‘xshash taqiqlangan pestitsidlar, uni ishlab chiqaruvchi mamlakatlardagiga nisbatan ancha ko‘pligi aniqlangan. Shuningdek, ayrim zararli kimyoviy moddalar muzlar tarkibida mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Bunday moddalar baliqlar, tyulen va hatto kitlar yog‘idan ham topilgan. WWFning ta’kidlashicha, zararli kimyoviy moddalar oqimlar bilan shimol tomonga harakatlanmoqda. U yerda esa mazkur moddalar muzlab, ma’lum muddatdan  so‘ng erigach, atrof-muhitni zaharlayapti. Aziz mushtariy, shu bilan dunyo okeanlari haqida berib borilayotgan ma’lumotlar o‘z nihoyasiga yetdi. Gazetamizning navbatdagi sonlarida qit’alar to‘g‘risidagi maqolalarni o‘qishingiz mumkin. 


Sun'iy intellekt javobi:

Shimoliy Muz okeani haqida o‘zbek tilida uzunroq ma’lumot:

Shimoliy Muz okeani — dunyodagi eng kichik okean bo‘lib, Arktika mintaqasida joylashgan. U Shimoliy yarimsharda, Shimoliy qutb atrofida joylashgan va qo‘shni qit’alar — Shimoliy Amerika, Yevroosiyo va Grenlandiya o‘rtasida joylashgan. Shimoliy Muz okeanining maydoni taxminan 14 million kvadrat kilometrni tashkil etadi, bu esa dunyodagi ikkinchi eng kichik okean hisoblanadi.

Shimoliy Muz okeanining o‘zgacha xususiyatlari:

  1. Muz bilan qoplanganligi: Ko‘p yillarda okean yuzasi qalin muz qatlami bilan qoplanadi. Qishda bu qalinlik bir necha metrga yetadi, yozda esa qisman eriydi. Muzli qoplama sayyoraning iqlimiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
  2. Iqlimi: Bu mintaqa juda sovuq bo‘lib, qish juda sovuq va qor bilan qoplangan, yoz esa qisqa va sovuq o‘tadi. Shimoliy Muz okeanidagi haroratlar ko‘pincha -40 darajagacha pasayadi.
  3. Suvlarning o‘ziga xosligi: Shimoliy Muz okeanining suvlarining tuzliligi kamroq bo‘lib, ko‘plab suvlar boshqa okeanlardan farqli o‘laroq sovuq va sho‘r bo‘lmaydi. Oqimlar bu okeanda noyob ta’sir ko‘rsatadi.
  4. Hayvonot dunyosi: Shimoliy Muz okeani arktik hayvonlar uchun muhim yashash joyidir. Bu yerda arktik ayiq, narval, beluga kitlari, qutb tulkisi, va boshqa ko‘plab maxsus moslashgan turlari yashaydi.
  5. Ekologik ahamiyati: Bu yerda iqlim o‘zgarishlari tez sekinlashadi va muzlarning erishi global iqlimga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Shimoliy Muz okeanining muz qoplamasi kamayishi dengiz yo‘llarini ochmoqda va yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratmoqda.

Shimoliy Muz okeani bozori va siyosiy ahamiyati: Neft, gaz va boshqa tabiiy resurslar bu mintaqada katta zaxiralarga ega. Shu sababli ko‘plab davlatlar bu mintaqadagi o‘z manfaatlarini ta’minlashga harakat qilmoqda. Ayniqsa, Shimoliy kollektiv xavfsizlik shartnomasi, Kanad, Rossiya, Norvegiya va AQSh bu hudud uchun strategik manfaatlarni ko‘zlamoqda.

Shimoliy Muz okeani dengiz yo‘llari ham global savdo uchun muhim ahamiyatga ega bo‘la boshladi. Muzlarning erishi sababli Shimoliy dengiz yo‘li qisqa yo‘lni ta’minlaydi, bu esa savdo vaqtini va xarajatlarni kamaytiradi.

Xulosa qilib aytganda, Shimoliy Muz okeani geografik, ekologik va siyosiy jihatdan juda muhim mintaqadir. U dunyo iqlimining me’yorini belgilashda katta rol o‘ynaydi hamda kelajakda global iqtisodiyot va geopolitikada istiqbolli o‘rin tutadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz