Geografiya mahbuslari
Geografiya mahbuslari: Dunyo siyosati haqida bilishingiz kerak boʻlgan hamma narsani aytib beradigan 10 ta xarita — britaniyalik yozuvchi va jurnalist Tim Marshallning 2015-yilda chop etilgan geosiyosat haqidagi kitobi.
Muallif, 2019-yilda ushbu kitobning bolalar uchun tasvirlangan Geografiya mahbuslari - 12 ta oddiy xaritada tushuntirilgan bizning dunyomiz nomli versiyasini chiqardi va bu kitob yilning kitobi Waterstones nominatsiyasiga qo
ʻ yildi. Uning davomi “Geografiyaning kuchi” kitobi esa 2021-yilda chiqdi.
Xulosa
Geografiya mahbuslari kitobi dunyoning bir qancha muhim mintaqalaridagi geosiyosiy vaziyatlarni qamrab olgan boʻlib, bularga quyidagilar kiradi: Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa, Arab dunyosi, Janubiy Osiyo (asosan, Hindiston va Pokistonga eʼtibor qaratilgan holda), Afrika, Yaponiya va Koreya, Lotin Amerikasi va Shimoliy Muz okeani (asosan, Arktika geopolitikasi).
Bu kitob geografiyaning xalqaro munosabatlarga taʼsirini tasvirlab, Rossiyaning Qrimni birlashtirish kabi geosiyosiy voqealarini, Rossiyaning issiq suv portlaridan foydalanish imkoniyatini saqlab zarurati va Xitoyning Tibetdagi Hindiston bilan chegarasini mustahkamlash harakatlariga asoslanib tushuntiradi.
Qabul qilinishi
Kitob New Yorkning eng kop sotilgan va Sunday Timesning №1 bestselleri edi.
Amerika Geograflar Assotsiatsiyasida kitoblar sharhida yozgan Duglas Vebster shunday xulosaga keldi: "Kitob chindan ham jozibador boʻlsa-da, faqat bugungi kundagi muvaffaqiyati bilangina tasdiqlanadi. Geosiyosiy nuqtai nazardan esa maʼlumot beruvchi asar sifatida zamonaviy geografik dinamika boʻyicha oʻqish oson. Bu geografik omillardan koʻra koʻproq sotsiologik taʼsir ko'rsatadigan global tadqiqotlar vakillari tomonidan tanqid qilinishini taʼkidladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org