GEOGRAFIYA JAMIYATI MUZLIGI
GEOGRAFIYA JAMIYATI MUZLIGI — Vanch daryosi yuqori oqimidagi vodiy muzligi. Fanlar Akademiyasi nomidagi va Darvoz tizmalari orasida (Tojikiston Respublikasi). Geografiya Jamiyati muzligiga atrofdan juda ko’p kichik-kichik muzliklar kelib qo’shiladi. Uzunligi 24 kilometr, eni 800-1300 metr, maydoni qariyb 64,4 kilometr kvadrat. Muzlikning oxirgi uchi 2660 metr balandlikda.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz