Geoffrey Wilkinson




Uilkinson Jefri (14-iyul 1921, Todmordon – 26-sentyabr 1996, London) — ingliz organik kimyogari. London qirollik jamiyati aʼzosi (1965-yildan). Atom energiyasi boʻyicha birlashgan Angliya—AQSH—Kanada loyihasida (1943—46), Kaliforniya universitetida (1946—50), Massachusets texnologiya institutida (1950—51), Garvard universitetida (1951—55) ishlagan, London universiteti professpr (1956-yildan). Ilmiy ishlari metallorganik birikmalar kimyosiga oid. Yengil sharoitlarda olefinlar va atsetilen uglevodorodlarni gidrogenlashda qoʻllanadigan universal gomogen katalizator — [(C6H5)3P]3RhCl (Uilkinson katalizatori) kashf etgan (1958). Geksametilvolfram va boshqa metallarning barqaror alkil hosilalarini sintez qilgan. Nobel mukofoti laureati (1973, Ernst Fischer bilan hamkorlikda).

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz