Geoekologiya




Geoekologiya — ekologiyaning yuqori bosqichdagi ekosistemalarini, shu jumladan biosferani oʻrganuvchi fan. Geoekologiya (landshaft ekologiyasi, geografik ekologiya) 20-asr 30-yillarida nemis olimi K. Troll tomonidan taklif qilingan, lekin tarmoqlararo fan sifatida 90-yillardan shakllana boshladi. Geoekologiya tabiiy va inson tomonidan oʻzgartirilgan yuqori bosqichdagi ekosistemalarning tarkibi, strukturasi, mavjud boʻlish qonuniyatlari va evolyutsiyasini oʻrganadi. Yerning ekologik muammolari toʻgʻrisidagi barcha bilimlarni jamlaydi va tabiiy fanlar, xususan biologiya, geografiya, geologiya fanlari tadqiqot natijalaridan foydalanadi. Asosiy maqsadi Yerda hayotni taʼminlovchi muhitni saqlab qolishga qaratilgan.

Geoekologiya hududda tirik organizm (shu jumladan inson)ning atrof muhit bilan boʻlgan oʻzaro aloqasini oʻrganadi. Bu jihatdan Geoekologiya geografik (hududiy) va ekologik (sistemali subʼyekt — muhit) tadqiqot turini oʻz ichiga oladi. Hududlarda ekologik vaziyatlar qanoatlanarli darajadan falokat darajasigacha oʻzgarishi mumkin. Ushbu muammolarning yechimida Geoekologiya fani boshqa tabiiy fanlar bilan birgalikda katta ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz