Geodezik uzoqlik oʻlchagich




Geodezik uzoqlik oʻlchagich - masofani oʻlchaydigan optik asbob. U bilan masofani oʻlchash tarzi teng tomonli uchburchak ABC (rayem) balandligi S bilan asosi (AS) qarshisida f burchakning oʻzaro bogʻlanishi formulasiga asoslanadi. Oʻzgarmas bazisli optik asboblar orasida geodeziyada qoʻsh tasvirli asboblar keng qoʻllaniladi. Bular geodezik asboblar (teodolit, kipregel)ning kuzatish trubasiga kiydirib ishlatiladi. Ular orqali reykabazaga qaralganda bir-biriga nisbatan maʼlum oraliqqa siljigan qoʻsh tasvir koʻrinadi. Ana shu siljish kattaligi asbobdan reykagacha boʻlgan masofaga bogʻliq; uni oʻlchab zarur masofani aniklash mumkin. Ipli G. u oʻ. engsodda asbob boʻlib, geodezik asboblarning kuzatish trubasidagi iplar toʻriga parallel qilib bir xil oralikda oʻtkazilgan ikkita gorizontal yoki vertikal chiziqdan iborat

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz