Genri Jozef




GENRI (Henry) Jozef (inglizcha: Joseph Henry; 1797.17.12, Olbani — 1878.13.5, Vashington) — amerikalik fizik. AQSH Milliy FA aʼzosi va prezidenti (1868 yildan). Elektromagnetizm taraqqiyotiga katta hissa qoʻshgan. 1828 yilda birinchi marta katta quvvatli elektromagnitlar va elektr dvigatellar yaratgan, oʻzinduksiya hodisasini kashf etgan (1832, M. Faradeydan mustaqil holda), kondensator razryadining tebranma tabiatini aniqlagan (1842). Induktivlik birligi — genri uning nomiga qoʻyilgan.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz