GENRI (HENRY) JOZEF
GENRI (HENRY) JOZEF (1797.17.12, Olbani — 1878.13.5, Vashington) — Amerikalik fizik. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi va prezidenti (1868 yildan). Elektromagnetizm taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. 1828 yilda birinchi marta katta quvvatli elektromagnitlar va elektr dvigatellar yaratgan, o’zinduktsiya hodisasini kashf etgan (1832, M. Faradeydan mustaqil holda), kondensator razryadining tebranma tabiatini aniqlagan (1842). Induktivlik birligi — Genri uning nomiga qo’yilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz