Gennadiy Skripnik
Gennadiy Petrovich Skripnik (1962-yil 30-avgust) — sovet, rus va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi sifatida oʻynagan.
Klubdagi faoliyati
Gennadiy Skripnik o‘zining professional faoliyatini 1985-yilda boshlagan. Dastlab „Spartak“ (Jitomir) safida ikkinchi ittifoq ligasida to‘p surgan. O‘sha mavsumda klub safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urgan. 1987-yilda „Kosonsoychi“ safiga qo‘shilib, jamoada 4 mavsum davomida to‘p surgan. 1991-yilda „Navbahor“ klubida o‘ynagan. SSSR parchalanganidan so‘ng, Rossiyaga ko‘chib o‘tib u yerda Stavropolning „Dinamo“ klubi sharafini himoya qilgan. Klub tarkibidagi debyut uchrashuvini 1992-yil 29-martda 1-turda o‘z uyida Moskvaning „Dinamo“siga qarshi o‘tkazgan. Ayni shu mavsumda futbolchi Anapaning „Spartak“ jamoasi tarkibiga kelib qo‘shilgan. Faoliyatini „Navbahor“ klubida yakunlagan.
Yutuqlari
"Navbahor" tarkibida 1992 yil — O‘zbekiston kubogi sohibi.
1993, 1994 yillar — O‘zbekiston oliy ligasi bronza medal sohibi.
1993 yil — O‘zbekiston kubogi sohibi.
Manbalar
uz.wikipedia.org