Gennadiy Mixaylutsa
Gennadiy Petrovich Mixaylutsa (1946-yil 16-iyulda Toshkent viloyati, Chirchiq tumanida tugʻilgan) — sovet futbolchisi; Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan murabbiy.
Faoliyatining asosiy qismini Oʻzbekiston SSRning „Kimyogar“ (Chirchiq) (1965-1966), Navoiyning "Zarafshon" (1968-1972), Termizning „Avtomobilist“ (1973), „Yangiariq“/"Xonqaliklar" (Yangiariq) klublarida oʻtkazgan. 1974-1978-yillarda „Xorazm“ (Xonqaliklar) safida birinchi va ikkinchi ligada toʻp surgan. 1967-1968-yillarda Toshkentning "Paxtakor" jamoasi tarkibida oʻynagan, 1968-yilda oliy ligada toʻrtta oʻyin oʻtkazgan.
Futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullana boshlagan. 1979-yilda „Narimanovets“ jamoasining katta murabbiyi va rahbari lavozimlarida ishlagan. 1985-1986-yillarda Xorazmning „Xonqaliklar“ jamoasida murabbiylik qilgan. 1987-1993, 1995-yillarda „Selmashevets“(Chirchiq) klubi bosh murabbiyi hamda O ʻzbekiston SSKAda murabbiy boʻlib ishlagan.
Keyinchalik Rossiyaning yoshlar jamolarida murabbiylik faoliyatini davom ettirgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org