Gennadiy Lebedev (velosipedchi)




Gennadiy Fedorovich Lebedev (1940-yil 12-may, Turkman SSR, Ashxobod — 2014-yil 10-may Oʻzbekiston, Toshkent) — sovet velosipedchisi. 1965-yilgi Jahon velopoygasining shaxsiy va jamoaviy bahslardagi gʻolibi.  SSSRda xizmat ko‘rsatgan sport ustasi.

Biografiyasi



Gennadiy Fedorovich Lebedev 1963-yilda Jahon poygasining  13-bosqichida g‘olib bo‘lgan.

Velopoygachi 1964-yil Jahon chempionati poygasida jamoa bilan ishtirok etib, 9-o‘rinni egallagan (Championnats du Monde 1964. Contre-la-montre par équipe Hommes. les-sports. info. 2013-yil 22-sentabrda asl nusxadan arxivlangan).

Lebedev 1965-yilda umumiy hamda jamoaviy hisobda Jahon poygasi (bu davrda sportchi 10-bosqichda ham g‘olib chiqib, sprint hisobida ham peshqadam bo‘lgan) va Yugoslaviya turining ikki bosqich g‘olibi bo‘lgan. Poygachining mazkur yilda ko‘rsatgan ajoyib sport yutuqlari uchun unga ,,Xalqaro toifadagi SSSR sport ustasi" faxriy unvoni berilgan, shuningdek, "Shon-sharaf belgisi" ordeni bilan taqdirlangan.

Gennadiy Fedorovich shuningdek, 1966-yildagi SSSR terma jamoasi tarkibida navbatdagi Butunjahon velosport poygasining umumjamoa hisobidagi g‘olibi bo‘lgan.

Poygachi  Lebedev Armiya markaziy sport klubi jamoasida o‘ynagan va  ,,SSSR Qurolli Kuchlari chempionati"ning bir necha bor g‘olibi bo‘lishiga musharraf bo‘lgan.

Sportchi  faoliyatini yakunlagandan so‘ng Turkiston harbiy okrugining Armiya sport klubini (11-sonli SKA) boshqargan. Podpolkovnik Lebedev Toshkentda yashagan.

Yutuqlari



1963-yil
Jahon velopoygasi 13-bosqich g‘olibi.
1964-yil
Jahon chempionati jamoaviy poygasida 9-o‘rin (Olizarenko, Petrov va Vyaravas).
1965-yil
Jahon velopoygasi 1 — Umumiy tasnif 1 — Umumiy tasnif 10-bosqich g‘olibi. Yugoslaviya turi 5-Taktik va texnik talablar (TTT)  va 10-bosqich g‘olibi.
1966-yil
Jahon velopoygasi 1- jamoa tasnifi

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz