Gennadiy Kutateladze




Gennadiy Platonovich Kutateladze (1931-yil 25-avgust, Margʻilon, Oʻzbekiston SSR — 2015-yil 30-mart, Bishkek, Qirgʻiziston) — sovet va qirgʻiz arxitektori, Qirgʻiziston SSRda xizmat koʻrsatgan arxitektor (1974).

Tarjimayi holi



Gennadiy Kutateladze 1931-yil 25-avgustda Margʻilonda tavallud topgan. Millati gruzin. 1957-yilda Moskva arxitektura institutini umumiy arxitektura mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1957—1961-yillari „Kirgizgiprostroy“ davlat loyihalash institutida ishlagan, ushbu muasssasada oddiy arxitektordan to loyihalar bosh arxitektori lavozimida ishlagan. 1971-yilda Kutateladze Frunze shahar ijroiya qoʻmitasi qarashli Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga oʻtkaziladi, keyinchalik esa Frunze shahrining bosh meʼmori lavozimiga tayinlanadi. 1958-yildan SSSR arxitektorlar uyushmasi aʼzosi. Ushbu jamoa tarkibida Kutateladze Frunze shahrining arxitektura va qurilish loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan.

1958-yili Toktogul Satilganov maqbarasi boʻyicha oʻtkazilgan respublika tanlovida jamoasi bilan faxriy oʻrinni, 1967-yili Qirg'iziston SSRda qishloq qurilishi uchun bir qavatli bir va ikki xonadonli turar-joy binolari loyihalari boʻyicha oʻtkazilgan respublika tanlovida jamoasi bilan birga 2-oʻrinni, 1970-yil Qirgʻiziston SSR Kant tumanidagi „Alamedin“ sovxozining markaziy binosini rejalashtirish va qurish boʻyicha oʻtkazilgan butunittifoq tanlovida jamoasi bilan birga 2-oʻrinni, xuddi shu yili Frunze shahridagi „Inturist“ mehmonxonasi oʻtkazilgan butunittifoq tanlovida jamoasi bilan faxriy oʻrinni, 1972-yilda Frunze shahridagi Tasviriy sanʼat muzeyi boʻyicha oʻtkazilgan respublika tanlovida jamoasi bilan 3-oʻrinni egallaydi.

1971—1975 yillarda Frunze shahar xalq deputatlari shahar Kengashi deputat boʻlgan.

Vafoti



2015-yil 30-mart kuni Bishkek shahrida 83 yoshida vafot etadi.

Meʼmorchilik ishlari




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz