Gennadiy Ivanov




Gennadiy Ivanovich Ivanov (1958-yil 22-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek futbolchisi (himoyachi) va murabbiyi.

Faoliyati



Futbolchilik faoliyati davomida 1980-1988 va 1990-yillarda mamlakat ikkinchi ligasida hamda 1991-yilda ikkinchi quyi liga bahslarida ishtirok etgan. 1989-yilda  SSSR KFK chempionati klublari ishtirokchisi. 1980-1985, 1988, shuningdek 1990-1998-yilgi mavsumni Navoiyning “Zarafshon” jamoasi safida oʻtkazgan. 1986—1987-yilgi mavsumda “Yoshlik” jamoasi tarkibida, 1989-yilda Buxoroning “Nurafshon” klubi safida toʻp surgan.

1990-yilda “Zarafshon” klubining oʻyinchi murabbiyi, 1998-yilda Oʻzbekiston chempionatida klub bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 1999-yildan boshlab toʻliq murabbiylik faoliyati bilan shugʻullangan.

Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz