Genetik muhandislik




Genetik injeneriya - molekulyar genetika sohasi; genlarning tabiatda uchramaydigan yangi birikmalarini genetik va biokimyoviy usullar yordamida maqsadga muvofiq holda vujudga keltirish bilan shugʻullanadi. Muayyan organizm hujayrasidan ajratib olingan gen yoki genlar guruhini nuklein kislotaning maʼlum molekulalari bilan biriktirib, hosil boʻlgan duragayni boshqa organizm hujayrasiga kiritishga asoslangan. Viruslar va b. har qanday tirik mavjudot hujayralarining irsiy programmasini maqsadga muvofiq modellashtirish, yangi shtamm virus va mikroorganizmlar, oʻsimlik, hayvon hujayralarining yangi xillarini, oʻsimlik navlari va hayvon zotlarining qishloq xoʻjaligi uchun zarur shakllarini yaratish va b. G. i. vazifasidir. AQSH olimi P. Berg xodimlari bilan birga virus va mikroorganizmlar irsiy molekulasi qismlarini probirkada ulab, rekombinant DNK olishi G. i. ning vujudga kelishiga asos soldi (1972). G. i. umumiy genetika, molekulyar genetika, molekulyar biologiya, bioorganik kimyo, mikrobiologiya, oʻsimlikshunoslik kabi biologik fanlar nazariyalari hamda tadqiq etish usullarining bir-birini toʻldirishi tufayli shakllandi. G. i.ning rivojlanishida genetik enzimologiya va nuklein kislotalar kimyosi yutuklari katta ahamiyatga ega. Molekulyar darajada olib boriladigan ishlar natijasi ikki xil ferment — restriksiyey endonukleaza va ligazaga bogʻliq. Restriktazalardan (300 dan ortiq xili bor) DNK molekulasini har xil qismlarga ajratishda, ligazadan esa ularni yana qayta birlashtirishda foydalaniladi. G. i.da eng koʻp ishlatiladigan restriktaza (Yeso Rb) 1971 yilda olingan. G. i.ning rivojlanish tarixi in vitro sharoitida (organizmdan tashqarida) rekombinant DNK molekulalarini, yaʼni har xil plazmidalar (xromosomalarsiz, mustaqil yashash xususiyatiga ega DNK halqa molekulalari), hattoki plazmida bilan faglar orasida duragaylar yoki vektor molekul alar (xoʻjayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK molekulasi) olish mumkinligini prinsipial isbotlashdan boshlangan. Keyinchalik prokariotlar (shakllangan yadrosi yoʻq organizmlar)ga taalluqli xromosoma genlari bilan har xil plazmidalar orasida rekombinant molekulalar olindi. Vektor molekulalarga eukariot (shakllangan yadroga ega) organizm (asosan, hayvon va oʻsimlik) genlari DNKsini kiritish G. i.ning katta yutugʻidir. Natijada hayvon genlarini bakteriya hujayralarida koʻpaytirish va ekspressiya qilish (genlarni klonlash) imkoniyati vujudga keddi. Nihoyat, G. i. bilan hujayra injeneriyasi yutuqlarining sintezi tufayli biotexnologiya fani shakllandi.gen injeniriyasi - asosan o'zida yashirin genlarni saqlaydi va ularning chatishish natijasida yangi gen hosil qiladi. G.i birinchilardan bo'lib Ch.Darvin ham o'z ma'lumotlarini berib o'tgan.G.i da birinchi bo'lib 1865 yilda G.Mendel o'zining birinchi tajribasini o'tkazadi.U o'zining bu tajribasini sariq va yashil no'xotlar ustida olib boradi. Va u o'zining bu tajribasi bilan g.i ni yanada ochiqroq tarza o'rgatadi.

Abdusattor AbduKarimov, Sotiboldi Jatayev.Go'zal Yo'ldasheva Bh-15

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Genetik muhandislik — bu organizmlarning genetik materialini (DNK yoki RNK) maqsadli tarzda o‘zgartirish, yangi genlarni kiritish yoki mavjud genlarni o‘zgartirish orqali ularning xususiyatlarini yaxshilash yoki yangi xususiyatlar berish texnologiyasi va fanidir. Bu soha biotexnologiya va molekulyar biologiya asoslariga tayangan bo‘lib, turli organizmlar, jumladan, bakteriyalar, o‘simliklar, hayvonlar va inson genlari ustida ishlash imkonini beradi.

Genetik muhandislikning asosiy tamoyillari va bosqichlari

  1. Genlarni aniqlash va izolyatsiya qilish: Dastlab, maqsad qilinayotgan gen topiladi va organizmdan ajratib olinadi.
  2. Genlarni ko‘paytirish: Polymeraza zanjir reaksiyasi (PCR) yordamida ushbu gen ko‘paytiriladi.
  3. Vektorlar yordamida genlarni kiritish: Olishgan gen maxsus vektorlar (odatda plazmidlar yoki viruslar) yordamida maqsad organizmga kiritiladi.
  4. Transformatsiya yoki transgenik jarayon: Genetik material organizmga o‘tkazilib, uning genetik tarkibiga qo‘shiladi.
  5. Moslash va ifoda etish: Kiritilgan gen yangi organizmda faol bo‘lib, uning xususiyatlarini o‘zgartiradi.

Genetik muhandislikning qo‘llanilish sohalari

Genetik muhandislikning afzalliklari

Genetik muhandislik bilan bog‘liq muammolar va xavflar

Xulosa

Genetik muhandislik zamonaviy biologiya va texnologiyaning juda kuchli vositasidir. U inson hayot sifatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish va kasalliklar bilan kurashishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, uning rivojlanishi ehtiyotkorlik, ilmiy asoslangan yondashuv va qonunchilik nazoratini talab qiladi. Agar to‘g‘ri boshqarilsa, genetik muhandislik kelajakda insoniyat uchun katta ijobiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz