Gwendal Peizerat




Gwendal Peizerat (talaffuzi: Gvendal Peyzera; 1972-yil 21-aprel, Bron, Fransiya) — fransuz sportchisi, Marina Anisina bilan birgalikda figurali uchish (muz ustida sport raqsi) boʻyicha 2000-yilda jahon chempioni va 2002-yilda Olimpiya chempioni unvonini qoʻlga kiritgan. Sobiq sherigi Marina Morel bilan birgalikda 1991-yildagi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni hisoblanadi.

Faoliyati



Gwendal Peizerat konkida uchishni 4 yoshida boshlagan. Marina Morel bilan birgalikda 1989-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida bronza medali va 1991-yilda kumush medalni qoʻlga kiritgan. Bu ikki chempionat oʻrtasidagi davrda1990-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatidagi natijaga koʻra bu juftlik shohsupaga yaqin joydan oʻrin olgan.

1993-yilda Peizerat sheriksiz qolgan rossiyalik figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempioni Marina Anisina bilan juftlashish taklifini olgan. Juftlik Lion vakili sifatida qatnashishni boshladilar va Marina Anisina Fransiya fuqaroligini olgandan soʻng, Olimpiya oʻyinlarida Fransiyani himoya qila boshladi, chunki Peizera Rossiya uchun oʻynashdan bosh tortdgan.

Anisina / Peizerat juftligi 2002-yilgi Olimpiadada gʻalaba qozonganidan soʻng, oʻz faoliyatini yakunlagan va 2002-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmagan. Oʻshandan beri juftlik birgalikda turli shoularda ishtirok etishadi.

Sportdan keyin



Sport faoliyati davomida Gwendal Peizerat universitetni „sport menejmenti“ va „kimyo“ yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan va hozirda Eurosport kanalida sport sharhlovchisi boʻlib ishlaydi. Bundan tashqari, Gwendal pianino chalishni, ot minishni, toqqa chiqishni va suv changʻisini yoqtiradi.

2003-yilda u mashhur fransuz shousi „Fort Boyard“ da ishtirok etdi: oʻyin paytidagi epizodlarning birida u chap yelkasini chiqarib oldi, lekin topshiriqni muddatidan oldin toʻxtatmadi va oxirigacha bajardi.

2008-yilda Gvendal Peizerat Rossiyaning RTR telekanalining „Zvyozdniy lyod“ telekoʻrsatuvida ishtirok etdi, u teleboshlovchi Lera Kudryavtseva bilan juftlikda gʻolib chiqdi.

Davlat mukofotlari




Natijalari



(Anisina bilan)

(Morel bilan)

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz