Gwen Stefani




Gwen Renée Stefani (Gven Rene Stefani) (1969-yil 3-oktabrda tugʻilgan) — amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, moda dizayneri, aktrisa hamda No Doubt rok-guruhining vokalchisi.

Hayoti



Yoshligi



Gven Stefani Anahaym shahrida tugʻilgan, bu shahr Kaliforniyaning Los Anjelesidan uncha uzoqda emas. Boʻlajak yulduzning otasi — Denis Stefani italyan kelib chiqishga ega amerikalik, onasi Petti Flinn (Patti Flynn) esa irland va shotland ildizlarga ega. Stefani oilada yolgʻiz farzand emas: uning opasi Jill va ikki akasi — Erik va Todd bor. Jill „No Doubt“ning qoʻshigʻi Just A Girlga olingan klipda suratga tushgan.

Stefani Fulertondagi Kaliforniya davlat universitetini hamda Loarning oliy maktabini (1987-yilgi bitiruv) tamomlagan. U yerda Gven suzish boʻyicha komandaning tarkibiga kirar edi. Stefanining birinchi ishi „Dairy Queen“ fast-fudida pol yuvish edi, u shuningdek doʻkonda ham ishlagan.

No Doubt




Gven Stefani u paytda ska-guruh boʻlgan „No Doubt“ tarkibiga 1986-yili — guruh tashkil topgan yilning oʻzidayoq qoʻshiladi. Stefani katta akasi Erik tufayli guruhga qoʻshiladi, u kollektivning asoschilaridan biri boʻladi. Avval Stefani „No Doubt“da faqatgina qoʻsh-vokalchi boʻladi, ammo guruhning vokalchisi John Spensning oʻz joniga suiqasdidan soʻng, Gven lider pozitsiyasini egallaydi. Guruhga muvaffaqiyat darrov kelmaydi: dastlabki ikki albom — No Doubt (1992) va The Beacon Street Collection (1995) — tinglovchilar orasida qiziqish uygʻotmaydi. Ammo, uchinchi albom — Tragic Kingdom Just a Girl va Don't Speak hitlari tufayli „No Doubt“ga oldinga katta qadam tashlashga imkoniyat beradi.

„No Doubt“ tarkibida Stefani navbatdagi albomlar — Return of Saturn va Rock Steadylarning yozuvida ishtirok etadi. Koʻp jihatlaridan Stefanining harizmasi tufayli „No Doubt“ dunyo boʻylab mashhur pop-guruhga aylana oladi.

Guruhdan alohida holda qoʻshiqchi 2000-yili ishlay boshladi, u Moby bilan South Side singlini yaratadi, 2002-yili esa Iv bilan hamkorlikda Let Me Blow Ya Mind singlini chiqaradi va bu singl unga „Grammy“ olib keladi.

Love. Angel. Music. Baby.



Stefanining debyut yakkahon albomi Love. Angel. Music. Baby. Yevropa va Osiyoda 2004-yil 22-noyabrda, Shimoliy Amerikada 2004-yil 23-noyabrda chiqadi.

Albomning yozilish vaqtida qoʻshiqchi Linda Perri, Farrel Uilyams, Andre 3000 va boshqalar bilan hamkorlik qilgan. Hamkorlik ishining mahsuli jiddiy muvaffaqiyatga erishadi: birinchi haftasidayoq AQShda albomning 310 000 nushasi sotiladi, bu „No Doubt“ning boshqa ixtiyoriy albomining sotuvlaridan koʻproq edi. Albom „Billboard Top 200“ hit-paradining 5 qatoriga koʻtariladi, Kanada chartining 5 pogʻonasiga, Buyuk Britaniya chartida 4 va Avstraliya chartida birinchi oʻringa chiqadi.

Musiqiy planda Gven Stefanining yakkahon faoliyati „No Doubt“ ishlaridan sezilarli darajada farq qiladi: „Love. Angel. Music. Baby.“ uchun 1980-yillar pop musiqasining jarangi hos. Koʻpchilik tanqidchilar musiqiy materialni Madonnaning ilk ishlariga oʻxshatishadi, bundan tashqari Stefani-mallasoch obrazi aniq „klassik“ Madonnani eslatadi. Maʼlumki, Gven Stefanini yangi Madonna „unvon“iga asosiy talabgor deb nomlashadi, shu ham aniqki, Madonnaning oʻzi Stefanini isteʼdodli va qiziqarli qoʻshiqchi deb hisoblaydi va bu „unvon“ga loyiq deb topadi.

Love. Angel. Music. Baby. albomidan 6ta singl chiqarilgan: What You Waiting For?, Rich Girl, Hollaback Girl, Cool, Luxurious va Crash. Kommers jihatdan eng muvaffaqiyatli boʻlib uchinchi singl Hollaback Girl boʻlib chiqdi, shuningdek u oʻziga hos rekord oʻrnatdi: qoʻshiq „iTunes“ doʻkonidan milion martadan ortiq yuklangan birinchi kompozitsiya boʻladi hamda „iTunes“ doʻkonining 2005-yili eng koʻp yuklangan qoʻshigʻi boʻladi. Yakunlarga koʻra Billboard jurnali bu qoʻshiqni Amerika bozorida eng koʻp sotiladigan kompozitsiya deb topadi. Bundan tashqari, bu qoʻshiq „Grammy“ mukofotiga 2 nominatsiyada koʻrsatiladi.

Oilaviy hayoti



2002-yili Gven Stefani britaniyalik „Bush“ rok-guruhining vokalchisi va gitarachisi Gevin Rosdeylga turmushga chiqadi.

Kinokaryera




Gven Stefani — boshlovchi aktrisa. Uning yagona ishi — bu Martin Skorseze (Martin Scorsese)ning Aviator (2004) filmida epizodik roldir. U bu filmda Hollivud kinoyulduzi Jin Harlou (Jean Harlow) rolini ijro etadi. Suratga olish maydonchasida uning hamkorlari Leonardo DiKaprio (Leonardo DiCaprio), Keyt Bekinseyl (Kate Beckinsale), Keyt Blanshett (Cate Blanchett) va Alek Bolduin (Alec Baldwin) kabi mashhur aktyorlar boʻladi.

Ayrim faktlar




Diskografiyasi



Studiyaviy albomlar




Singllar




Grammy mukofotlarining tarixi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz