Gwen Berry




Gvendolin Denis Berri (198-yil 29-iyunda tugʻilgan) — bolgʻa uloqtirish boʻyichar jahon rekordchisi, amerikalik yengil atletikachi. U 2018-yil 8-iyun kuni 77.78 m (255 fut 2 in)natija bilan 7-oʻrinni egalladi. Shuningdek, u 25.60 ball bilan vazn otish boʻyicha jahon rekordini oʻrnatgan

Faoliyati



Kollej yilllari



Gven Berri 1989-yil 29-iyun kuni Missuri shtatida Maykl Berri va Laura Xeys oilasida tugʻilgan. Berri Missuri shtatining Florensiya shahrida oʻsgan va McCluer oʻrta maktabida oʻqigan. U yerda basketbolchi boʻlgan, lekin mavsumdan tashqari treklarda qatnasha boshlagach, uch hatlab sakrashda qatnashgan. U 2007-yilda Janubiy Illinoys universiteti Karbondeylda psixologiyava jinoiy adliya boʻyicha oʻqigan. U Janubiy Illinoys Salukis kolleji jamoasi uchun uloqtirish musobaqalarida qatnashdi va 2008-yilgi AQSh oʻsmirlar chempionatida bolgʻa uloqtirish boʻyicha toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Keyingi yili uning bolgʻa uloqtirishdagi texnik taktikasi yaxshilandi va yadro uloqtirish boʻyicha Missuri vodiysi konferensiyasi (MVC) chempioni boʻldi va NCAA Indoor chempionatida oʻn birinchi oʻrinni egalladi. 2010-yilda u yopiq havoda yadro uloqtirish va ochiq havoda bolgʻa uloqtirish boʻyicha NCAA All-Amerika mukofotiga sazovor boʻldi (2010-yilgi NCAA Outdoors musobaqasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi). Oʻsha mavsumda u 16.30 eng yaxshi natijani oʻrnatdi
Berrining Qoʻshma Shtatlardagi xalqaro debyuti 2010-yilgi NACAC 23 yoshgacha boʻlgan atletika chempionatida boʻldi . U bolgʻa Uloqtirishda 3-orinni egallab, bronza medalini qoʻlga kiritdi. Musobaqada Xezer Steysi va Salukis sportchisi Jeneva Makkaldan ortda qoldi.

Faoliyati



Oʻqishni tugatgandan soʻng, Berri yopiq mavsumda vazn otish va ochiq mavsumda bolgʻa uloqtirish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etishni davom ettirdi. 2011-yilgi AQSh ochiq havoda yengil atletika chempionatida u oltinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilgi mavsumda AQSh yopiq inshootlardagi yengil atletika chempionatida vazn otish boʻyicha uchinchi boʻlidi.
Berri 2013-yilgi USA Indoors musobaqasida 24.70 natija bilan mamlakat chempionligini qoʻlga kiritdi.
Berri 2015-yilgi yopiq mavsumni oʻtkazib yubordi. 2015-yilgi IAAF Hammer Throw Challenge yakuniy reytingida oʻninchi oʻrinni egalladi (amerikaliklar orasida Amanda Bingsondan keyin ikkinchi). Berri 2015-yilgi AQSh ochiq havoda yengil atletika chempionatida milliy miqyosda birinchi marta bolgʻa uloqtirishda yetmish metr natijani qayd etdi, ammo Kempbell, DeAnna Prays va Bingsonning kuchli chiqishlari uni umumiy hisobda beshinchi oʻrinda qoldirdi.
Berri bolgʻa uloqtirish boʻyicha 2016-yilgi Olimpiadada DeAnna Praysni ortda qoldirib, AQSh terma jamoasi aʼzolari Amber Kempbelldan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi va 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Qoʻshma Shtatlar vakili sifatida qatnashdi. U 14-oʻrinni egalladi.
2020-yilgi Olimpiadada Berri bolgʻa uloqtirish boʻyicha DeAnna Prays va Bruk Andersondan keyin uchinchi oʻrinni egalladi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Qoʻshma Shtatlar vakili boʻldi, u yerda finalga yoʻllanma oldi va 11-oʻrinni egalladi.

Amerika rekordi



2016-yilning boshida Berri vazn uloqtirishda ustunlik qildi, toʻrtta uchrashuvda ham 24 metrdan oshiq uloqtirishda gʻalaba qozondi, shu jumladan 2016-yilgi AQSh yopiq inshootlardagi yengil atletika chempionatida uch marotaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va mavsum boʻyicha jahon miqyosida birinchi oʻrinni egalladi. Eng yaxshi natijasi 75.11 m (246 fut 5 In) Memfisda qisqa vaqt ichida milliy rekord va Shimoliy Amerika rekordi — 76.31 otish qayd etildi.

AQSh davlat madhiyasi tiz choʻkib namoyishlarni qoʻllab-quvvatlash



Peru poytaxti Lima shahrida 2019-yilgi Panamerika oʻyinlari taqdirlash marosimida Berri bolgʻa uloqtirish boʻyicha oltin medal bilan taqdirlandi, Berri mamlakatidagi ijtimoiy vaziyatdan norozi ekanligi bildirdi. Berrining noroziliklari AQSh Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitasini „barcha insonlar uchun irqiy va ijtimoiy adolatni qoʻllab-quvvatlash uchun“ tinch yoʻl bilan norozilik bildirishlariga ruxsat berish uchun yangi koʻrsatmalar chiqarishga olib keldi. Berri shunday dedi: „Men bu yerga irqchilik tufayli vafot etganlarning vakili boʻlish uchun keldim.“

2021-yil iyun oyida, 2020-yilgi Tokio Olimpiadasi uchun yengil atletika olimpiadasi sinovlari vaqtida Berri AQSh bayrogʻidan yuz oʻgirgan.

Shaxsiy rekordlari



Jahon

Milliy

Xalqaro musobaqalar




Milliy unvonlar




Yana qarang




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz