Gemoxromatoz




Gemoxromatoz (gemo... va yun. chromatos — boʻyoq, rang) — irsiy kasallik; temir almashinuvining buzilishi va oqibatda ferritin oqsili tarkibida ortiqcha temir yigʻilib gemosiderin moddasiga aylanishi bilan kechadi, temirning ichaklarda koʻplab soʻrilishi hamda toʻqima va aʼzolarda toʻplanishi bilan ifodalanadi. Jigar sirrozi, qandli diabet, teri pigmentatsiyasi kabi belgilar namoyon boʻladi; dominant hamda resessiv yoʻl orqali nasldan naslga oʻtadi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz