Gemotokrit koʻrsatkich
Gemotakrit koʻrsatkich ( inglizcha:
PCV) - umumiy qon hajmida eritrotsitlarning egallagan hajmiga hisoblanib, u qonga antikoagulant oksalat qoʻshib gemotakrit probirkasi yoki Wintrob trubkasida 30 minut sentrifugalash orqali aniqlanadi. Natijada RBC (qizil qon tanacha) lar pastki qismga, plazma yuqori qismda ajraladi. Ularning orasidagi 1% hajmda WBC (oq qon tanachalar) va trombositlar “
tiniq belbog ” hosil qiladi. Erkaklarda bu koʻrsatkich 45% ayollarda esa 42%ni tashkil qiladi.
Haqiqiy gemotakrit
Haqiqiy gemotakrit koʻrsatkichi 0,98ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi. Bunga sabab esa taxminan 2% plazma hujayralar orasida tarqalgan boʻladi.
Tana gemotakriti
Tana gemotakriti katta va kichik qon tomirlarida boʻlganligi sababli, biroz boshqacharoq aniqlanadi. Aniqlangan gemotakritni 0,87 ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi. (Kichik tomirlarda gemotakrit kichikroq, kattalarida kattaroq boʻladi).
RBC lar uchun asosiy oʻrtacha indekslar : son – 5mln , gemotakrit – 45% va Hb 15g/dL. RBC lar hajmini aniqlash formulasi MCV=PCV x 10 / RBC soni (1mm3 dagi) Normal MCV 90mkm boʻladi (78-94 oraligʻida). Yuqorida aytilganidek normadan kichrayishi mikrositoz, kattalashishi makrositoz deyiladi.
Oʻrtacha gemoglobinini aniqlash
Hujayraning oʻrtacha gemoglobinini aniqlash: 1L qondagi gemoglobin miqdorini 1L qondagi eritrotsitlar soniga boʻlib aniqlanadi. Normal MCH = 30pg (27-33 oraligʻida). Normadan oshish sferositoz va megaloblastik anemiyada kuzatiladi.
Hujayraning Hb ga hajm birligida toʻyinganligi
Hujayraning Hb ga hajm birligida toʻyinganligi: 100ml qondagi Hb miqdorining 100ml qondagi gemotakrit koʻrsatkichga boʻlib aniqlanadi. Normada 33,3% ni tashkil qiladi (30-38% orasida). va bu hajm birligida toʻyinganlik
Normoxromik RBC deb nomlanadi. Meʼyordan kam boʻlgan hollar esa Fe tanqislik anemiyasida uchraydi va
gipoxromik RBC deb nomlanadi. 38% dan yuqori hollar juda kam uchraydi, bunday holat boʻlganda ham hujayra tez nobut boʻladi. Sabab, hujayra maksimal toʻyinganlik darajasidan ortiq Hb saqlayolmaydi. (Bu koʻrsatkich klinikada keng qoʻllaniladi).
Rang koʻrsatkich
Rang koʻrsatkich (RK): Hb % miqdorining RBC % miqdoriga nisbatini anglatadi. (Hb uchun 100% 14,8gr/dL ga, RBC uchun 100% 5mln/mm ga teng). Masalan, Hb miqdori 14,8g/dL boʻlganda 100% deb olsak, RBC soni 4,5mln boʻlganda 4,5/5=0,9 yaʼni 90% boʻladi. RK=100/90=1,11 koʻrinishida boʻladi.
Normada RK 0,85dan 1,15 oraligʻida boʻladi .
Manbalar
uz.wikipedia.org