GELLMAN (GELL MANN) MARRI



GELLMAN (GELL MANN) MARRI (1929.15.9, Nyu-York) — amerikalik nazariyotchi-fizik. Ilmiy ishlari maydonning kvant nazariyasi, elementar zarralar fizikasi, yadro fizikasiga oid. Fanga ajiblik tushunchasini kiritgan va uning saqlanish qonunini ochgan (yapon fizigi K. Nishijimadan mustaqil holda, 1953). Elementar zarralar sistemasini (1961), kvarklar gipotezasini (1964) taklif qilgan. Nobel mukofoti laureati (1969).

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz