Geliogravyura




Geliogravyura (gelio... va gravyura) — chuqur bosma usullaridan biri. Bosma qolip fotografik va kimyoviy usullar bilan tayyorlanadi. 19-asr 2-yarmida kashf etilgan. Bunda tasvir diapozitivi pigment qogʻozga tushiriladi, nusxasi mis plastinka (rastr)ga koʻchiriladi. Hosil qilingan nusxaga kimyoviy ishlov berib, chuqur bosma elementlari hosil qilinadi. Soʻnggi yillarda G. oʻrniga, koʻpincha, rakel chuqur bosma usuli qoʻllaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz