Gel Tili




Gel tili (gael, shotland, er tili deb ham ataladi) — hind-yevropa tillari oilasining kelt tillari guruhiga mansub. Shim.-Gʻarbiy Shotlandiya, Gebrid o.lari va Kanadaning Yangi Shotlandiya viloyatida tarqalgan. G.t.da 100 mingga yaqin kishi soʻzlashadi (1991). G.t. irland tilinnng dialekti hisoblanadi, 11 — 13-asrlarda irland tilidan ajralib chiqqan. Fonetik xususiyatlariga koʻra G. t. 3 sheva (sharqiy, jan.-gʻarbiy va gʻarbiy)ga ajraladi. Bu shevalar oʻrtasida farq kam. G.t.da skandinav tillaridan oʻzlashgan soʻzlar koʻp. G.t.dagi yozuv yodgorliklar 16-asr boshlariga oid. Badiiy adabiyot, matbuot, radioeshittirishlar shu tilda olib boriladi, taʼlim sohasida qoʻllaniladi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz