Geeta Bali
Geeta Bali (talaffuzi: Gita Bali; tugʻilgandagi ismi: Harkirtan Kaur; 1930-yil 30-noyabr — 1965-yil 21-yanvar) hind tilidagi filmlarda suratga tushgan hind aktrisasi edi.
Yoshlik davri
Geeta Bali 1930-yilda Britaniya Hindistonining Panjob viloyati, Amritsar shahrida Harikirtan Kaur ismi bilan tugʻilgan. Uning katta opasi Xaridarshan Kaur, qizi esa aktrisa Yogeeta Bali edi.
Faoliyati
Geeta Baali oʻzining kino faoliyatini 12 yoshida kichik aktrisasi sifatida „The Cobbler“ filmi bilan boshlagan. U Badnaamida (1946) qahramon sifatida debyut qilgan. 1956-yilda Getta Bali Badnaami filmida qahramon sifatida, 1948-yilda Sohag Raat filmida Bharat Bhushan bilan birgalikda va 1849-yilda Neki Aur Badi filmida Madhubala bilan sheriklikda suratga tushgan. Bu ketma-ket chiqarilgan filmlar tomoshabinlar eʼtiborini tortgan.
Bali 1950-yillarda yulduzga aylandi. Bundan tashqari, u ilgari oʻzining boʻlajak qaynogʻi Raj Kapoor bilan Bawre Nain (1950) filmida va boʻlajak qaynotasi Prithviraj Kapoor bilan Anand Math filmida suratga tushgan. Kapoorlar oilasiga turmushga chiqqanidan keyin filmlardan voz kechgan boshqa aktrisalardan farqli oʻlaroq, Bali vafotigacha aktrisalik faoliyatini davom ettirdi. Uning soʻnggi filmi 1963-yilda Jab Se Tumhe Dekha Xay edi. Geeta 10 yillik faoliyati davomida 70 dan ortiq filmda suratga tushgan.
Bali Surinder Kapoorga prodyuser boʻlishiga yordam bergan.
Shaxsiy hayoti
1955-yil 23-avgustda Gita Coffee House filmida birga ishlagan Shammi Kapoorga turmushga chiqdi. Ularning ikki farzandi bor edi, oʻgʻlining ismi Aditya Raj Kapoor qizining ismi esa Yogeta Baali Kanchan.
Geeta 1965-yil 21-yanvarda 35 yoshida chechakdan vafot etdi.
Filmografiyasi
Manbalar
uz.wikipedia.org