Gebrid orollari




Gebrid orollari - Atlantika okeanidagi arxipelag. Shotlandiyaning shim.-gʻarbida. 500 dan ortiq mayda oroldan (Lyuis, Skay, Mall va b.) iborat. Buyuk Britaniya tarkibida. Mayd. 7,5 ming km. Tashqi Gebrid va Ichki Gebridlarga boʻlinadi, ular Nort-Minch, LitlMinch boʻgʻozlari va Gebrid burni orqali ajralib turadi. Orollar kristall jinslar va bazalt krplamlaridan tashkil topgan. Relyefi pasttekislik va past togʻlardan iborat (bal. 1009 m gacha). Koʻp qismi toshloq va botqoqli yerlar. Lava dalalari, qad. muzlik izlari saqlangan. Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iqlimi; yanvarning urtacha temperaturasi 4—6°, iyulniki 12—14°, yillik yogʻin 1000–2000 mm.

Yaylov koʻp, baʼzan qayinzorlar uchrab turadi. Aholi asosan baliq ovlash, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Movut ishlab chikariladi. Turizm rivojlangan.

Adabiyotlar








uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz