Gebjaliya




ʻʻʻGebjaliyaʼʻʻ — Gruziya oshxonasining (avvalo, megrel oshxonasining) milliy taomidir. Bu yalpiz qoʻshilgan pishloqli ruletlardir.

Ingrediyentlar



Gebjaliya yangi tuzsiz Imeritiya pishlogʻi yoki yangi suluguni pishlogʻi va yalpizdan tayyorlanadi. Taom tvorog pishlogʻi nadugi (rikottaga oʻxshash) va sut yoki matsonidan tayyorlangan yalpizli sutli sous bilan tortiladi. Baʼzi retseptlarda xacho tvorogi va chinti pishloq ishlatiladi; tarxun, kashnich, sarimsoq, yashil qalampir va hatto, chili qalampirini ham qoʻshish mumkin. Taʼbga koʻra tuz qoʻshiladi.

Tayyorlanishi



Gebjaliya pishirishning ikkita asosiy yutugʻi bor: birinchidan, koʻp masalliq ketmaydi, ikkinchidan, 15 daqiqaga bormay pishadi.

Yalpiz sovuq suvda yuviladi Barglari yoki poyasining yuqori, mayin qismi, barglari bilan birga pichoqda juda mayda toʻgʻraladi (yoki blenderlanadi). Yalpizning 3/4 qismi taomga, qolgani esa sousga ketadi.

Sut kastryulda yoki soteynikda maksimal 55-60 darajaga qadar isitiladi, shundan soʻng unga pishloq tilimlari qoʻshiladi. Pishloq boʻlaklariga sut quyiladigan, teskari retsepti ham mavjud.

Alangani oshirib, pishloq eritiladi va bitta yaxlit boʻlakka aylanadi. Bu boʻlak chovli bilan patnisga agʻdariladi va yupqa qilib yoyiladi (bu vaqtda ustidan issiq sut quyiladi). Shundan keyin patnisdan sutning ortiqchasi oqib ketadi, yuzaga kelgan pishloq chalpagiga esa yalpiz solinadi. Pishloq chalpak ruletga oʻxshatib oʻraladi va 4-5 smli boʻlaklarga kesib chiqiladi. Boshqa retseptida esa ikkita har xil masalliqli rulet tayyorlanadi (masalan, yalpizli xacho va yalpizli chinti).

Sous uchun toʻgʻralgan yalpizdan qolgani matsoniga qoʻshiladi va gebjaliya boʻlaklari ustiga shu sous quyiladi. Taom sous bilan birga dasturxonga tortiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz