Gōdo (Gifu)




Gōdo (yaponcha: 神戸町 Gōdo-chō?) Yaponiyaning Gifu prefekturasida joylashgan shaharchadir. 1-dekabr, 2018-yil holatiga koʻra, shaharda hisob-kitoblarga koʻra 19361 nafar aholi, 6998 ta xonadondan toʻgʻri kelgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 1000 nafarga teng. Shaharning umumiy maydoni 18,78 kvadrat kilometrni (7,25 mi²) tashkil etdi.

Geografiyasi



Gōdo Gifu prefekturasining janubi-gʻarbiy hududidagi Nobi tekisligining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan.

Iqlimi



Shahar iqlimi issiq va nam yoz hamda yumshoq qish bilan tavsiflanadi (Köppen iqlim tasnifi Cfa). Gōdoda oʻrtacha yillik harorat 15,2 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1952 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 27,6 °C, eng past harorati esa yanvarda, 3,9 °C atrofida boʻladi.

Qoʻshni munitsipalitetlar




Demografiyasi



Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Gōdo aholisi soni 2000-yilda eng yuqori choʻqqisiga chiqqan va shundan buyon bir oz kamaygan.

Tarixi



Gōdo atrofidagi hudud Mino provinsiyasining bir qismi boʻlgan va Heian va Kamakura davrlarida Enryaku-ji tomonidan boshqariladigan shoenning joylashgan hududi hisoblangan, Edo davrida u asosan Ogaki domeni tomonidan nazorat qilingan. Meiji restavratsiyasidan keyingi kadastr islohotlari davomida hudud Anpachi tumani tarkibid tashkil etilgan. 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimini yaratish bilan Gōdo qishlogʻi hosil etildi. Gōdo 1892-yil 5 avgustda shaharcha maqomiga koʻtarildi. Shahar 1950-yil 1-aprelda Kita-Hirano qishlogʻini va 1954-yil 1-aprelda Shimomiya va Minami-Hirano qishloqlarini qoʻshib oldi. Shahar chegaralari 1960-yil 1-aprelda qoʻshni Ono shahrining Nishizakuraning bir qismini qoʻshib olish natijasida kengaytirildi. 2004-yilda qoʻshni Ogaki shahri bilan taklif qilingan birlashish referendumda rad etildi.

Iqtisodiyoti



Mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmogʻini qishloq xoʻjaligi (guruch, sabzavot, sut, parrandachilik) va yengil sanoat (kompyuter bilan bogʻliq mahsulotlar, sut mahsulotlari, kimyo) mahsulotlari tashkil etadi.

Taʼlim tizimi



Gōdoda toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda yuqori maktab mavjud emas.

Transport



Temir yoʻl




Magistral yoʻl



Shaharga hech qanday milliy avtomobil yoʻllari xizmat koʻrsatmaydi.

Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz