Gdinya




Gdinya — Polsha shim.dagi shahar. Gdansk voyevodaligida; Boltiq dengizi boʻyidagi port. Sopot va Gdansk shaharlari bilan Truymyasto sh. aglomeratsiyasini tashkil qiladi. Aholisi 252 ming kishi (1990-yillar oʻrtasi). 1924-36 yillarda xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan yirik port qurilishi munosabati bilan shahar tez oʻsdi. Yillik yuk ortib-tushirish 10 mln. t. G. orqali chetga koʻmir chiqariladi; chetdan rudalar, neft mahsulotlari keltiriladi. Sanoat tarmoqlaridan mashinasozlik, asosan kemasozlik va oziq-ovqat sanoati (baliq, yogʻ, goʻsht va b.) rivojlangan. Baliq ovlash bazasi. Oliy dengiz va harbiy dengiz oʻquv yurtlari, dengizdan baliq ovlash ilmiy tadqiqot instituti, okeanografiya, harbiy dengiz muzeylari va dengiz akvariumi bor.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz