Gazniqob




Gazniqob (gaz va niqob soʻzlaridan) — nafas organlari, yuz va koʻzni zaharli radioaktiv moddalar va bakterial vositalar taʼsiridan himoya qiluvchi asbob. Filtrlovchi va izolatsiyalovchi turlarga boʻlinadi. Filtrlovchi gazniqobni 1915-yili Nikolay Zelinskiy ixtiro etgan. U gazni tozalaydigan quticha, niqob-shlem va ularni tutashtiruvchi naychadan iborat boʻlgan. Bunday gazniqob atrofdagi zaharli havoni tozalab beradi. Izolatsiyalovchi gazniqob regenerativ patron, nafas olish qopchasi, karkas, niqob-shlem va tutashtiruvchi naychadan iborat. Bunday gazniqob komplektida ampulali quticha, sumka va boshqalar boʻladi. Izolatsiyalovchi gazniqobda tashqaridagi havodan foydalanilmaydi, uning regenerativ patronidagi kislorod bilan nafas olinadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz