Gazning qanday xillari mavjud?



Moddiy borliq xilma-xil shakllarda hukm surayotir. Mabodo u havoni eslatsa, bu gazdir. Gaz erkin harakatlanuvchi mayda zarralardan iboratdir. Ular imkon qadar kenglikka tarqalishga intiladi. Shu boisdan gaz aniq bir shaklga ega emas. Agar gaz biron-bir idishga qo’yilsa, shu idishning hamma yog’iga yoyilib, uning shakliga kiradi. Gaz konteyner-idishlarga joylantirilsa, uning harakatchan zarralari konteyner idish devorlariga urilib, sapchib turadi. Trillion va trillion zarrachalar tinimsiz devorga urilib qaytaveradi. Zarralarning devorga har bir urilishidan bir turtki tug’iladi. Bu turtkilar jamuljam bo’lib, bir butun holda gaz bosimini vujudga keltiradi. Agar konteyner-idish sig’imi kichik bo’lsa, undagi gaz ham kichik hajmli bo’lib ko’rinadi va gaz zarralarining bosimi yanada ortadi. Ularning harakatlanishi uchun maydon torayadi. Natijada gaz zarralari devorga yanada tez-tez uriladi. Xullas, hajm toraysa, gaz bosimi ko’payadi. Agar gaz qizdirilsa, uning zarralari tag’in tezlashadi va bosimi oshaveradi. Bordi-yu, harorat darajasi pasaytirilsa, zarralarning harakati ham sustlashadi. Harorat darajasi yanada pasaytirilsa, zarralarning o’zaro tortishish kuchi ularni birlashtiradi va shu holatda saqlanib qoladi. Gaz o’z gazligini yo’qotadi. U suyulish holatiga o’tib, suyuqlikka aylanadi. Gazlarning bir talay xillari mavjud. Eng ko’p tarqalgan gaz — havo. Aslida esa havo gazlarning aralashmasidan iborat bo’lib, ularning orasida asosiylari — kislorod va azotdir. Keng tarqalgan gazlar — azot, bizning nafasimizdan chiqadigan karbonat angidrid, uglerod, avtomobillardan ajralib chiqadigan chiqindi gaz, geliy, vodorod va metandir.


Manba



Mo’jiza kitobning 3-jildi

Sun'iy intellekt javobi:

Gazlar tabiiyda va sanoatda turli ko‘rinishlarda uchraydi. Gazlarning turlari ularning kimyoviy tarkibiga, fizik xususiyatlariga va qo‘llanilish sohalariga qarab farqlanadi. Quyida gazlarning asosiy turlari haqida batafsil ma’lumot keltiriladi:

1. Tabiiy gazlar

Tabiiy gaz — yer ostida tabiiy ravishda hosil bo‘ladigan, asosan metan (CH4) gazidan iborat bo‘lgan yonuvchi gaz. Tabiiy gaz quyidagi turlarga bo‘linadi:

2. Sanoat gazlari

Sanoatda turli maqsadlarda ishlatiladigan gazlar mavjud:

3. Yonuvchi gazlar

Yonuvchi gazlar odatda energiya manbai sifatida qo‘llaniladi:

4. Toksik va zararli gazlar

Ba’zi gazlar inson salomatligi uchun xavfli bo‘lishi mumkin:

5. Separator va aralash gazlar

Xulosa

Gazlar turli turlarga bo‘linadi, ular tabiiy yoki ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Ularning kimyoviy tarkibi va foydalanish maqsadlari turlicha bo‘lib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda ishlatilishi zarur. Gazlarning asosiy turlari — tabiiy gaz, sanoat gazlari (kislorod, vodorod, azot va boshqalar), yonuvchi gazlar (metan, propan, butan) va zararli toksik gazlardir.

Agar qo‘shimcha ma’lumot yoki aniq bir gaz turi haqida batafsilroq ma’lumot kerak bo‘lsa, bemalol so‘rashingiz mumkin!



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz