GAZLI-NUKUS GAZOPROVODI



GAZLI-NUKUS GAZOPROVODI -gaz magistrali. O’zbekistonning shimoldagi iste’molchilar ehtiyojini respublikaning o’z gazi bilan qondirish maqsadida (Urganch shahri tarmog’i bilan birga) qurilgan. Gaz yo’lining 1-navbati 1994 yilda ishga tushirilgan (uzunligi 94 kilometr), 1997 yilda qurilish yakunlangan. Umumiy uzunligi 317,7 kilometr (jumladan Urganch shahri tarmog’i 28 kilometr). Gaz yo’lida 1020 millimetrli quvurlar yotqizilgan. Undan loyiha quvvati bo’yicha yiliga 8 milliard metr kubdan ko’proq gaz o’tadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz