Gazli




Gazli — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi shahar (1977-yildan). Qizilqum choʻlida joylashgan. Buxoro sh.dan 106 km shim.-gʻarbda. Ahrlisi 8,2 ming kishi (2001). G. yirik gaz konlarining topilishi (1956) natijasida vujudga kelgan. 1960-y.larda G.dan Ural (Yekaterinburg , 2100 km)ga, Rossiya Yevropa qismining markaziga, Tosh-kentga gaz quvurlari oʻtkazilgan. G.da gaz va neft konlarini qidiruvchi "Buxoroneftgaz" birlashmasi, oʻrta maktab, kinoteatr, madaniy-maishiy xizmat tarmoqdari bor. G. Buxoro — Urganch avtomagistrali yoqasida.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz