Gazi Yashargil




Mahmut Gazi Yashargil (1925-yil 6-iyul Diyarbakirda tugʻilgan ), turk olimi va shifokori.
U miya va neyroxirurgiya boʻyicha mutaxasis. U miya jarrohligida mikroskoplardan (mikrojarrohlik) foydalanishni tatbiq etish va ommalashtirishga qo'shgan hissasi bilan mashhur. 1999 yilda Amerika Neyro jarrohlar Kongressida Neyroxirurgiya jurnali tomonidan " 1950-2000-yillarda asrning neyroxirurgi " unvoni berildi va Yevropa Neyro jarrohlar assotsiatsiyasining Faxriy medali bilan taqdirlandi.

Hayoti



Gazi Yashargil 1925-yil 6-iyulda Diyarbakirning Lice tumanida tugʻilgan. U tug'ilgan yili oilasi bilan Anqaraga ko'chib o'tdi va umrining dastlabki 18 yilini Anqarada o'tkazdi.

Uning ta'lim va akademik faoliyati



O'rta ta'limni 1943 yilda Anqara Otaturk litseysida tamomlab, Anqara universiteti tibbiyot fakultetida o'qishni boshladi. Ularning qo'shnisi va oilaviy do'sti, nevrologiya professori Yusuf Shukru Saribosh unga tibbiyotda o'qishiga yordam bergan. 1944 yildan boshlab ikki semestr Germaniyaning Fridrix Shiller universitetida tibbiy ta'limni davom ettirdi. Keyin esa o'n semestr Bazel universitetida o'qidi va 1949-yilning kuzida universitetning tibbiyot fakultetini tamomladi. Keyingi 1950-1953-yillarda nevrologiya - psixiatriya , ichki kasalliklar va umumiy jarrohlik bo'yicha assistent bo'lib ishladi. 1953 yil yanvardan u Tsyurix universitetida o'z mutaxassisligi bo'yicha ishlay boshladi.

Tsyurix universitetining neyroxirurgiya klinikasida ishlagan 12 yil davomida (1953-1965) miya va orbital angiografiyaga e'tibor qaratdi va ko'plab bemorlarga angiografiya qildi. 1957-1965 yillar oralig'ida u Parkinson kasalligi va boshqa harakat buzilishlarini davolash uchun stereotaktik texnikadan foydalangan holda jarrohlik operatsiyalarini o'tkazdi.

1965-1966-yillarda u AQSHning Vermont universiteti hayvonlar laboratoriyasida mikrovaskulyar jarrohlik (mikroskop yordamida bajariladigan qon tomir jarrohligi)ni oʻrgangan va bu usulni miyaga tatbiq etgan.

U 1967-yilda Tsyurixga qaytib keldi va Tsyurix klinikasidagi barcha miya va orqa miya jarrohligida mikrovaskulyar jarrohlik texnikasidan foydalana boshladi. Shunday qilib, zamonaviy neyroxirurgiyada yangi davr boshlandi. Tsyurixda tashkil etilgan mikroxirurgiya laboratoriyasi 1968-1993 yillarda butun dunyodan kelgan neyroxirurglarni tayyorlash markaziga aylandi. Yashargil bu davrda mikroneyroxirurgiya boʻyicha sakkizta kitob chop ettirdi.
1993 yil yanvar oyida u Tsyurix universitetining neyroxirurgiya klinikasi boshlig'i lavozimidan nafaqaga chiqdi.

Media



Rejissyor Atil Inanch tomonidan Gazi Yashargilning o'z hikoyasiga asoslangan " Miya ustasi, Gazi Yashargil " nomli hujjatli film 2021 yilning may oyida AQShda namoyish etilgan.

Faxrlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz