GAZGA CHIDAMLILIK
GAZGA CHIDAMLILIK – o’simliklarning havodagi zaharli gazlar kontsentrasiyasiga chidamliligi. Gazga chidamli o’simliklar zararli gazlarni to’qimalarida to’plab, havoni tozalashga yordam beradi. O’t o’simliklardan chalov, raygrase, betaga; daraxt va butalardan qayrag’och, jiyda, normushk kabilar gazga chidamli hisoblanadi. Shaharlarni ko’kalamlashtirishda gazga chidamli turlar hisobga olinishi lozim.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz