Gazetalarning kitob ilovalari (Turkiya)
Gazetalarning kitob ilovalari Turkiya va dunyoda yangi nashr etilgan yoki chiqarilishi kutilayotgan kitoblarni targ‘ib qiladigan sharhlarni o‘z ichiga oladi va gazeta ilovalari sifatida davriy ravishda jurnal uslubida nashr etiladi.
Kirish
Asosan, tabloid oʻlchamida gazeta qogʻozlariga chop etiladigan va bepul beriladigan ushbu kitob ilovalariga kitob muqaddimasi va kitob sharhlaridan tashqari mualliflar bilan suhbatlar, muallif soʻrovlari, mualliflarning biografiyalari, madaniyat yangiliklari, tajribalar, kitoblarning sotilish koʻrsatkichlari va bestseller roʻyxatlari kabi mavzular kiritilgan. Ularning baʼzilarida „tadımlık“ deb nomlangan boʻlimlar ham mavjud va ularda kitoblardan iqtiboslar keltiriladi. Bundan tashqari, nashriyotlarning kitob reklamalari ham ushbu jurnallarda keng yoritiladi. Shuningdek, oʻz mushtariylarining ijodiy ishlarini nashr etish orqali yozuvchilikka tashviq etadigan kitob ilovalari ham mavjud.
Bugungi kunda Turkiyada yigirmaga yaqin gazeta kitob ilovalarini taqdim etmoqda. Bular ichida eng qadimiylari Milliyet va Cumhuriyet gazetalari tomonidan berilgan kitob ilovalaridir. Cumhuriyet gazetasi yigirma yil ichida 1200 ga yaqin ilovalar chop etdi .
Aksariyati har oyda chop etiladigan kitob ilovalarining baʼzilari bir haftada, baʼzilari esa yiliga bir marta nashr etilmoqda. Baʼzan ular eʼlon qilingan kunida chop etilmasligi mumkin. Birga berilgan gazetalarining nashr siyosatiga muvofiq holda, bunday ilova jurnallarida tanitilayotgan kitoblarning mavzulari ham xilma-xillik kasb etmoqda. Baʼzi jurnallar nazariy, adabiy, tarixiy yoki biografiya kitoblarini targʻib qilishga eʼtibor qaratsa, boshqalari sheʼriy kitoblar, siyosiy kitoblar, islom falsafasiga, diniy asarlar va tasavvuf kitoblariga, mumtoz adabiy asarlar, detektiv romanlar yoki bolalar kitoblariga koʻproq ahamiyat bermoqda.
Turkiyadan tashqari nashr etiladigan gazeta ilovalari orasida eng taʼsirli va qadimiy boʻlgan jurnali „The New York Times Book Review“ jurnali boʻlib, AQShda nashr etiladigan „The New York Times“ gazetasining haftalik ilovasi hisoblanadi. Ushbu ilova jurnali 1896-yildan beri nashr etiladi.
Turkiyada nashr etiladigan gazeta ilovalari
Gazetaga ilova sifatida nashr etiladiganlari
Gazetaga ilova sifatida nashr etilmaydiganlari
Nashri toʻxtaganlar
Dunyo boʻylab nashr etiladigan gazeta ilovalari
Gazetaga ilova sifatida nashr etiladiganlari
Nashri toʻxtaganlar
Manba
Havolalar
uz.wikipedia.org