GAZ-ELEKTR PAYVAND
GAZ-ELEKTR PAYVAND – elektr payvand turi. Bu usulda metallar argon, geliy, vodorod, azot, karbonat angidrid gazlari va suv bug’lari ishtirokida elektrodlar bilan payvandlanadi. Bular (gazlar va suv bug’lari) payvand choklarni atmosferadagi kislorod va azot ta’siridan asraydi. Gaz-elektr payvand eriydigan yoki erimaydigan elektrodlar yordamida bajariladi. Sifatli po’latlar va rangli metallar shu usulda payvandlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz