G‘azal




Gʻazal (arabcha — oshiqona soʻz, ishq izhor etish, ayollarni madh etish) — Sharq adabiyotida eng keng tarqalgan lirik janr ʻʻGʻazal’’ atamasi dastlab VIII—IX asrlarda arab sheʼriyatida paydo boʻlgan. Soʻng Oʻrta Osiyo va Sharq xalqlari adabiyotlariga oʻtib, X asrda forsiy adabiyotga, XIV asr boshlarida turkiy adabiyotga kirib kelgan. Hajmi 3 baytdan 19 baytgacha qilib belgilangan. Lekin 21, hatto 27 baytli gʻazal namunasi ham uchraydi.

Gʻazal aa, ba, va, ga, da va h.k. tarzda qofiyalanadi, boshdan-oxir bir xil vaznda yoziladi. Ilk bayti matlaʼyoki mabdaʼ, oxirgisi maqtaʼdeb ataladi. Agar ikkinchi baytning misralari ham oʻzaro qofiyalansa, zebi matlaʼ yoki husni matlaʼ deyiladi. Gʻazalning paydo boʻlishi va rivojlanishi musiqa sanʼati bilan chambarchas bogʻliq. Dastlab Gʻazalga taxallus qoʻyilmagan, bu keyinchalik anʼanaga aylangan.

Gʻazal dastlab ishqiy mavzuda yozilgan boʻlsa-da, keyinchalik uning mavzu doirasi kengayib bordi hamda ijtimoiy-siyosiy, falsafiy-axloqiy, mavʼiza (pandnasihat) va hajviy gʻazallar yuzaga keldi. Gʻazal tuzilishiga koʻra 4 mustaqil turga ajraladi: mustaqil baytlardan tuzilgan (parokanda) gʻazal; yakpora gʻazal; voqeaband gʻazal; musalsal gʻazal. Maʼno jihatidan esa orifona, oshiqona va rindona gʻazallarga boʻlinadi.

Fors soʻz sanʼatida gʻazal dastlab Rudakiy ijodida uchrasa-da, Saʼdiy ijodida u toʻla shakllanib, sheʼriyatning asosiy janrlaridan biriga aylandi, keyin Hofiz uni yuksak darajaga koʻtardi: u oʻzigacha tasavvufiy va dunyoviy yoʻnalishda rivojlanib kelgan gʻazalchilikni oʻzaro omuxta qildi. Xusrav Dehlaviy, Kamoliddin Isfahoniy, Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Xoju Kirmoniy, Salmon Sovajiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Abdulqodir Bedil kabi shoirlar gʻazal taraqqiyotida katta rol oʻynaganlar.

Oʻzbek adabiyotida gʻazalning ilk namunalari Rabgʻuziyning „Qisasi Rabgʻuziy“, Xorazmiyning „Muhabbatnoma“sida uchraydi; keyinchalik Sayfi Saroyi, Hofiz Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sakkokiy, Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Alisher Navoiy, Bobur, Ubaydiy, Mashrab, Mujrim-Obid, Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Avaz Oʻtar va boshqalar ijodida rivojlantirildi.

Fors-tojik gʻazalchiligida aruz vaznining hazaj bahri, turkiy xalqlar gʻazalchiligʻida ramal bahri koʻp qoʻllangan. Masalan, Navoiyning 2600 gʻazalidan 1600 ga yaqini, Atoiyning 260 gʻazalidan 109 tasi, Husayn Boyqaroning esa barcha gʻazallari ramalda yozilgan. Aruzda 21 ta bahr boʻlib, oʻzbek gʻazaliyotida faqat Navoiy ularning koʻpchiligini qoʻllagan. Gʻazalda ishqiy mavzu yetakchilik qilishiga qaramay, gʻazalnavislar bu janrning imkoniyatlaridan inson maʼnaviy dunyosining, shuningdek, tabiat va jamiyatning barcha murakkab tomonlarini ifodalash uchun foydalanganlar.

15-asrdan Gʻazal oʻzbek sheʼriyatida ham asosiy va yetakchi janrga aylandi. Navoiy oʻzbek tilida 2600 dan ortiq gʻazal yaratib, bu janrning gʻoyaviy-tematik doirasini kengaytirdi, uni hayotga yaqinlashtirdi, realistik tamoyillarni kuchaytirdi. Keyinchalik oʻzbek sheʼriyatida Hamza, Choʻlpon, Xurshid, Gʻafur Gʻulom, Sobir Abdulla, Habibiy, Charxiy, Chustiy, xolis, Vosit Saʼdulla, Jumaniyoz Jabborov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Jamol Kamol va boshqalar gʻazalni yangicha sharoitda davom ettirdilar va uning mavzu doirasini boyitdilar, shu bilan birga, anʼanaviy ishqu oshiqlik mavzuida ham koʻplab badiiy barkamol gʻazallar yaratdilar (yana qarang Sheʼr tuzilishi, Sheʼrshunoslik); 2) musulmon Sharq madaniyatidan keng oʻrin olgan mumtoz musiqa janri. Dastlab (mas, Abdulqodir Marogiy koʻrsatishicha, 14—15-asrlarda) „navbat“ deb ataluvchi murakkab shakldagi janrning ikkinchi qismi sifatida, asosan, fors tilidagi sheʼrlar bilan ijro etilib, 2 sarxona va bozgoʻypyan iborat boʻlgan. Soʻngra Navoiy, Kavkabiy, Noiniy, Chishtiy va boshqalarning asarlarida Gʻ. Oʻrta Sharq xalqlarida eng sevimli musiqa janrlaridan biri sifatida taʼriflangan. Hozirda, asosan, lirik-falsafiy (jumladan, tasavvufiy) mazmundagi gʻazal namunalari, yakkaxon xonanda va cholgʻu ansambli tomonidan ijro etiladigan, yirik shakldagi musiqa janri sifatida Pokiston, Shimoliy Hindiston, Bangladesh, Eron, Afgʻoniston va ayrim arab mamlakatlarida tarqalgan. Kuylar diapazoni kengligi, ohang va ritmik rivojining murakkabligi bilan ajralib turadi. Gʻ. raga singari kichik cholgʻuvokal muqaddimasi bilan boshlanadi, unda xonanda yuqori pardalarda ijro etiladigan aylanma tuzilmalar, glissando (sirgʻanuvchi ohanglar) va boshqa uslublardan foydalanib, asarning asosiy tovushqatori, shuningdek, badiiy oʻziga xosli-gini namoyo.ch etadi. Cholgʻu ansambli tarkibida sitor, sarangi, bansuri nay, tanpura, fisgarmoniya va tabla (yoki faqat sisgarmoniya va tabla) cholgʻulari qoʻllanadi. Gʻ. urdu, hind, fors, panjob, gujarot va boshqa tillarda kuylanib, unda Xusrav Dehlaviy, Kabir, Surdas, Mirzo Gʻolib, Muhammad Iqbol, Fayz Ahmad Fayz kabi shoirlarning sheʼrlari asosiy oʻrin tutadi. 20-asrda Gʻ.ning zamonaviy shakllari rivoj topib, ular konsert dasturlari (Mehdi Hasan, Roshan Ara begim, Bare Gʻulom Ali Xon, Ramzan Xon va boshqalar), kino musiqasi (Lata Mangeshkar, Muhammad Rafi va boshqalar)da keng ijro etilmoqda.

Ad. Hayitmetov A si,T., 1961; Shayxzoda M., kining sultoni, Asarlar, 4-j., T., 1972; Nosirov O., Oʻzbek adabiyotida gazal, T., 1972; Orzibekov R., Oʻzbek lirik poeziyasida gʻazal va musammat, T., 1976; Nosirov O., jamolo v S., 3 i yo -viddinov M., Oʻzbek klassik sheʼriyati janrlari, T., 1979; Valixonov A., Gʻazal nafosati. T., 1985.
Rahmon Qahramonov va Timur Malikovlar hozirgi kunda yagona dastur hisoblanadi

Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

G‘azal — o‘zbek adabiyotida va umuman sharq adabiyotida keng tarqalgan poetik janr bo‘lib, uning ildizlari fors va arab klassik she’riyatiga borib taqaladi. G‘azal odatda muhabbat, ishq, ma’shuq, tabiat, dard-u g‘am kabi mavzularni o‘z ichiga oladi. U qisqa baytlardan tashkil topgan bo‘lib, har bir bayt mustaqil fikrni ifodalaydi, lekin butun g‘azalda bitta umumiy mavzu yoki his-tuyg‘u mujassam bo‘ladi.

G‘azalning asosiy xususiyatlari:

  1. Qafiya va radif
    G‘azalning har bir baytida qafiya (oxiridagi so‘zlarning ohangdoshligi) va radif (bir xil so‘z yoki ibora) bo‘ladi. Masalan, “Yuragimda yonar olov, sevgim bilan to‘lib-toshib,
    O‘zimga yo‘q, seni izlab, yuragimda yonar olov.”

  2. Beyt shakli
    G‘azal ikki misradan iborat baytlardan tashkil topgan. Har bir bayt alohida ma’no anglatadi, lekin umumiy mavzu doirasida bog‘lanadi.

  3. Mavzulari
    G‘azal ko‘pincha ishqiy va ruhiy mavzularga bag‘ishlanadi. Sevgining qiyinchiliklari, muhabbatning achchiq va shirin tomonlari, insonning ruhiy holati, ma’shuqga bo‘lgan his-tuyg‘ular tasvir etiladi.

  4. Iboralar va ramzlar
    G‘azalda meva, gul, sharob, ko‘z yosh, shabnam kabi ramzlar ko‘p ishlatiladi. Bu ramzlar ko‘pincha ma’naviy va falsafiy mazmunni ifodalaydi.

  5. Muallifning ismi yoki taxallusi
    Ko‘pincha g‘azal yakunida shoir o‘z taxallusini, ya’ni iste’dod nomini kiritadi, bu o‘ziga xoslik va shaxsiylik beradi.

O‘zbek adabiyotida g‘azal

O‘zbek shoirlari, xususan, Alisher Navoiy o‘zbek tilidagi g‘azallarni yaratishda katta o‘rin egallaydi. Navoiy g‘azal janrini o‘zbek tilida yuqori badiiy saviyada rivojlantirib, uni keng ommaga tanitdi. Uning g‘azallari nafis til, boy ma’no va chuqur falsafiy fikrlar bilan ajralib turadi.

Misol:

Ko‘zlaringda ko‘z yosh, yuragimda dard bor,
Yolg‘izligimda ham seni o‘ylashim bor.
Ne oldi meni bu sevgi, bilmadim,
Faqat birgina bor insonlik g‘amdor.

G‘azal nafaqat she’riyatning, balki sharq adabiyotining ham eng nozik va chuqur ifoda vositalaridan biridir. U o‘zbek madaniyati va ruhiyatining ajralmas qismi hisoblanadi.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz