Gaz termometr




Gaz termometr — temperaturani oʻlchash asbobi. Ishi ideal gaz bosimi r yoki hajmi Vning temperaturaga bogʻliqligiga asoslangan: pV=RT (R — gaz doimiysi). Temperatura shkalalarini tuzish temperaturani Gaz termometr vositasida oʻlchashga asoslangan. Gaz termometrdan Xalqaro amaliy temperatura shkalasining reper (tayanch) nuqtalarini aniqlashda birlamchi temperatura asbobi sifatida foydalaniladi. Odatda doimiy hajmli Gaz termometrdan foydalaniladi; unda temperaturaning oʻzgarishi gaz bosimining oʻzgarishiga mutanosib yuz beradi. Gaz termometr vositasida temperatura 2 dan 1300 K gacha oraliqda oʻlchanadi. Bunda erishish mumkin boʻlgan aniqlik 3-10—3—2-10—z Kni tashkil qiladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz