Gaz Taqsimlash




Gaz taqsimlash (ichki yonuv dvigatellarida) — ichki yonuv dvigateli kiritish va chiqarish organlarining davriy harakati (ochilib-yopilishi) natijasida yuz beradigan jarayon. U dvigatel silindrining yangi zaryad bilan toʻlishini (soʻrish, kirish) va ish bajarib boʻlgan gazning silindrdan chiqib ketishini (chiqarish, chiqish) taʼminlaydi. Dvigatelning turi va tuzilishiga qarab, gaz taqsimlash klapan (qopqoq)li, shaybali, zolotnikli (klapansiz), tirqishli va aralash boʻlishi mumkin. Kema va teplovoz ichki yonuv dvigatellari (dizellar)dagi Gaz taqsimlash tizimida qoʻshimcha kulachoklar va reversiv qurilmalar boʻladi. Bular dvigatel tirsakli valining aylanish yoʻnalishini oʻzgartirishga imkon beradi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz