Gaz dvigateli




Gaz dvigateli — gaz holatidagi yoqilgʻi yoki yonilgʻi bilan ishlaydigan ichki yonuv dvigateli. Unda yoqilgʻi sifatida tabiiy gazlar yoki qattiq yoqilgʻidan gaz generatorida olinadigan sunʼiy gazlar hamda metallurgiyadagi chiqindi gazlar (domna, koks gazlari va b.), yonilgʻi sifatida suyultirilgan gazlar ishlatiladi. Gaz bosimi atmosfera bosimigacha pasaytirilib, havo bilan aralashtiriladi, dvigatel silindriga kiritiladi va elektr uchquni bilan oʻt oldiriladi. Dizel siklida ishlaydigan G. d. keng tarqalgan.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz