GAZ ANIQLAGICH



GAZ ANIQLAGICH — konlar va sanoat binolari atmosferasidagi zararli gaz (Masalan, metan) miqdorini aniqlaydigan asbob. Metanning issiqdik o’tkazishini o’lchashga asoslangan. Asbob karbonat angidrid (SO2)ni va namlikni yutuvchi kolonka, qabul qilgich, galvanometr, nasos va energiya bilan ta’minlash bloklaridan iborat. Akkumulyatordan tok berilganda ta’minlash bloklaridagi platina spiralning qarshiligi o’zgarib, elektr ko’prigining muvozanati buziladi. Mavjud metan mikdori galvanometrning foizlarda darajalangan shkalasida qayd qilinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz