G’AYRISHUURIYLIK – sub’yekt ongida namoyon bo’lmaydigan psixik jarayonlar majmui. Bir qancha psixologik nazariyalarda ruhiyatning sifat jihatidan ongdan keskin farqlanuvchi alohida sohasi deb talq-in qilinadi. Nemis faylasufi E.Gartman (1842— 1906)ning irrasionalistik ” G’ayrishuuriylik falsafasi”da G’ayrishuuriylik borliqning universal asosidir. Z.Freydnit psixoanalizi va boshqa psixologik oqimlardagi asosiy tushunchalardan biri. K.G.Yungning “Taxminiy psixologiya” asarida shaxs g’ayrishuuriyligi bilan bir qatorda jamoa g’ayrishuuriyligi ham ajratib ko’rsatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish