Gʻayratjon Hasanov
Gʻayratjon Hasanov (1983-yil 12-yanvar, Yaypan, Oʻzbekiston SSR, Sovet Ittifoqi) — Sobiq oʻzbek futbolchisi va darvozaboni. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sobiq aʼzosi.
Futbolchilik faoliyati
Professional faoliyatini 2003-yilda Quvasoy Sementchi tarkibida boshlagan. 2005-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2008-yil oxirigacha neftchilar safida toʻp surdi va shu vaqt ichida 65 ta oʻyinda maydonga tushdi, 2006-yilda chempionat kumush medallarini qoʻlga kiritdi. 2009—2010-yillarda u „Xorazm“ safida toʻp surgan, ushbu klubda 32 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2011-yil davomida u „Andijon“ jamoasida oʻynagan. 2012—2013-yillarda Qarshining „Nasaf“ klubi futbolchisi boʻlgan. 2013-yilning yozidan boshlab u yana Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida oʻynamoqda. 2016-yildan Qoʻqon 1912 jamoasi safiga oʻtdi 2018-yil mavsum oldidan faoliyatini yakunladi.
Xalqaro oʻyinlar
2007—2008-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan. 2007-yilgi Osiyo kubogida esa terma jamoaning zaxira darvozaboni boʻlgan. Hech qachon terma jamoa safida rasmiy oʻyinlarda maydonga tushmagan.
Yutuqlari
Oʻzbekiston Superligasi kumush medal sohibi: 2004, 2006
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org